Yaltiroq Nitrolak

Yaltiroq Nitrolak

Qo’llanilish doirasi:

Bino ichkarisi va tashqi tomonidagi yog’och yuzalarni laklashga mo’ljallangan.


Qo’llanilish obyekti:

Qayiqlarni,binoning mexanik va kimyoviy ta’sirga uchrovchi mebellari va polni bo’yashda qo’llaniladi.

Sarf: 100-150 gr/m2.


Og’irligi: 2,7 kg.


Qo’llanilish usuli: Kist yoki purkagich bilan bo’yaladi. Purkab bo’yashda 0,009``-0,013``, shuningdek, 0,230-0,330 mm li soplo (konussimon naycha)dan foydalaning. Hajmiga qarab 10% gacha eritish mumkin.


Qurish vaqti: Havo harorati +23˚C va havo namligi 50% bo’lganda qurish vaqti. Changni tozalashga – 2soat, qayta ishlov berishga – 6 soat. Keyingi qavatini bir sutkadan so’ng surtish mumkin. 4 haftaga yaqib vaqt davomida lak butkul qotadi va yakuniy yemirilishlarga chidamlilik darajasiga erishadi. Qurishga havoning o’zgarishi, havo namligi, havo harorati va qatlamning qalinligi ta’sir qiladi.


Saqlash: Havo darajasi past bo’lganda saqlash va olib yurishga chidamli. Yaxshi yopilmagan holatda yoki to’la bolmagan halmda lak ko’p vaqt saqlanmaydi.

Ishlov berish shartlari

Laklanadigan yuza quruq, shuningdek, yog’ochdagi namlik 20%dan past bo’lishi kerak. Bo’yaladigan yuza quruq bo’lishi kerak. Havo va bo’yaladigan yuza harorati +5˚C dan yuqori bo’lishi va havo namligi 80%dan past bo’lishi kerak. Laklashni quyosh nurlari to’g’ri tushib turganda yoki sovuq va nam havoda bajarish mumkin emas. Tashqi tomon yuzasi kechki shudring tushguniga qadar qurishga ulguradigan qalinlikda surtilishi lozim.

Tayyorgarlik

Yangi laklanmagan yuza:

Yuzani chang va kirdan tozalang. Yog’och yuzasini Uayt-spirit 1050 bilan tozalang. Tashqi ta’sirga chidamsiz yuzalarni gruntlash uchun maxsus antiseptic bilan ishiv bering.

Oldin laklangan yuza:

Yuzani tozalash vositasi bilan yuving, keyin yaxshilab suv bilan tozlang. Qolgan lakni kurakcha yordamida tozalang. Butun yuzaga sayqal berib, qolgan changni tozalang..

Laklash

Ishlatishdan oldin lakni yaxshilab aralashtiring. Yangi yuzani gruntlash uchun lakka Uayt-spirit 1050ni 20% da qo’shib aralashtiring. Lakni tekis, yuqa qatlamda 2-3 marta surting. Zarur bo’lganda, qoplovchi (so’nggi) qavatini 20% eritib surting. Oldin laklangan yuzani gruntlash shart emas, va uni 1-2 qavat qilib suyiltirilmagan lak bilan laklang. Yuzani har safar yangi qavatni surtishdan oldin sayqallang. Diqqat! Tashqi ta’sirga uchrovchi yuzalarni yaltiroq lak bilan bo`yang.