Lak-to`ldiruvchi

Lak-to`ldiruvchi

Qo’llanilish doirasi:

Bino ichkarisi va tashqi tomonidagi yog’och yuzalarni laklashga mo’ljallangan.


Qo’llanilish obyekti:

Mebellarni laklashda ishlatiladi, masalan, stol, stul, kitob javoni, va hokazo. Shuningdek, bolalar o`yinchog`i, panelli devor, yog`ochli potolok, eshik va boshqa yog`ochli yuzalarni laklashda ishatiladi. Bo`yalgan yuzalarni himoyalash uchun qo`llanadi.

Sarf: 100-150 gr/m2. Yog`ochning turiga qarab saqlanadi.


Og’irligi: 2,5 кг.


Qo’llanilish usuli: Kist, gubka yoki purkagich yordamida bo`yaladi.


Qurish vaqti: Qurish vaqti havo harorati +23˚C va havo namligi 50% bo`lganda 30 minut. Lakninig keyingi qatlamini 2-3 soatdan so`ng surtish mumkin. Yuza 1 sutkadan so`ng foydalanishga tayyor bo’ladi. Laklangan yuza 2 haftadan so`ng butunlay qotadi. Bungacha laklangan yuzaga og`ir juda issiq narsalarni qo`ymang.


Saqlash: Sovuqdan saqlang.

Ishlov berish shartlari

Laklanadigan yuza quruq bo`lishi kerak. Havo harorati +10 ˚C dan baland, havo namligi 80% past bo`lmasligi kerak.

Tayyorgarlik

Yangi laklanmagan yuza:

Yuzani chang va kirdan tozalang. Suv bilan biroz namlang, quriting va yog’ochning chiqib turgan qismlarini tekislab ishlov bering. Qolgan changni tozalang.

Oldin laklangan yuza:

Yuzani “Maalipesu” eritmasi bilan yuvib so’ng suv bilan yaxshilab yuving va quriting. Yuzaga yaltiramaydigan holatga kelgunicha ishlov bering, qolgan changni tozalang. Yomon holatga kelib qolgan laklangan yuzani bo’yoqni o’chiruvchi maxsus vosita bilan butkul tozalab chiqing. Keyin yuzani xuddi laklanmagan yangi yuza kabi tayyorlang.

Laklash

Foydalanishdan oldin yaxshilab aralashtiring. Ishlatish vaqtida ham qotib qolmasligi uchun aralashtirib turing. Zarur bo’landa, suv bilan aralashtiring. Kist, gubka yoki purkagich bilan 2-3 qavat qilib bo’yang.