Rangli Bo’yoq” kompaniyasida xonalarning ichkarisi va tashqarisida ta'mirlash ishlari uchun turli xildagi shpatlevkalar taqdim etilgan. Shpatlevka devorlarni, shiftlarni va boshqa ustki qatlamlarni keyinchalik bo'yash uchun yoki oboylarni kleylash uchun kerak bo'ladi. U devorlarni sillik qatlamini ta'minlaydi va mayda defektlarni to'g'rilaydi. Ushbu material plenka hosil qiluvchi modda, pigment, napolnitellardan iborat bo'ladi. Shpatlevka ishlab chiqarishda mel, xo'jalik sovuni, unli kley, turli laklar, olifalar, polimerlar, elaklangan gips va boshqa xomashyo ishlatiladi. Shpatlevka to'g'rilash va ta'mirlash ishlarida yuqori samarani egallaydi, chunki usiz chiroyli va tekis devorlarni tasavvur qilib bo'lmaydi. O'zining tarkibiga ko'ra, shpatlevka bo'g'inlar va yoriqlarni to'ldirish, turli xildagi zararlarni maskalash va ustki qatlamni bir xil holatgacha olib borish imkoniyatiga ega. Shpatlevka tarkibiga kiruvchi polimer qo'shimchalar, turli xildagi ustki qatlamlarni, shu jumladan devorlar, pollar, bino fasadlari va x.k. lar bilan maksimal darajada birlashtirishni ta'minlaydi. Ularni purkalash bilan ham surtish mumkin. Shpatlevkalar gipsli plitalar, beton, engil beton, shtukaturlangan va boshqa xil qatlamlarni to'g'rilashda o'zining o'rnini topdi. “Rangli Bo’yoq” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan shpatlevkalar yuqori sifat va mustahkamligi bilan ajralib turadi. Ular ustki qatlamlarni suvga mustahkamligini ta'minlaydi, bu esa surtilgan materialni uzoq muddatliligini kafolatlaydi. Bizni mahsulot barcha sifat standartlariga muvofiq ishlab chiqariladi, shuning uchun bizdan gruntlash materiallarini xarid qilib, Siz ularni beqiyos sifatida ishonch hosil qilishingiz mumkin.