Fasad uchun akril bo’yoq

Fasad uchun akril bo’yoq

Qo’llanilish doirasi:

Betonli yoki suvalgan yuzalarni tashqi tomondan bo’yash uchun mo’ljallangan.


Qo’llanilish obyekti:

Turar joy, savdo va ishlab chiqarish binolari, omborxonalar va boshqa binolarning old tomonini bo’yash uchun ishlatiladi.


Ranglar:

Istalgan rang - istalgan rang

Sarf: Bir qavat uchun 4-6 m2/l. Sarflash bo’yaladgan yuzaning g’adir-budirligi, g’ovakligi, shuningdek, bo’yash usuli va sharoitiga bog’liq.


Og’irligi: 14 kg.


Qo’llash usuli: Valik, kist yoki purkagich yordamida surtiladi. Yuqori bosimda purkalganda 0,027``-0,029`` soplo (trubochka) 0,56 mm li filtrdan foydalaniladi. Hajmiga qarab 10% suyultirish mumkin. 9 l, 2,7 l, 18 l.


Tashqi ta’sirga chidamlilik: Qurilish binosiga yomg’ir suvi va tomchilar kirishining oldini oladi. Bino ichkarisidan namlikni par holatida chiqarib yuboradi.


Saqlash: Sovuqdan saqlang. Bo’yoq bankasi va havo harorati 35˚C dan oshib ketmasligi kerak. Quyosh nurlari to’g’ri tushadigan yerda saqlamang. Yaxshi yopilmagan yoki to’la bo’lmagan holatda uzoq vaqt saqlanmaydi.

Ishlov berish shartlari

Bo’yaladigan yuza toza va quruq bo’lishi kerak. Havo harorati +5˚C dan yuqori, havo namligi 80% dan yuqori bo’lmasligi kerak. Yorqin quyosh nurlari ostida bo’yamang.

Tayyorgarlik

Bo’yalmagan yuza:

Bo’yashdan oldin yuza yetarlicha quruq va qattiq bo’lishi kerak. Beton yuzalarni bitta isitish mavsumidan so’ng bo’yash tavsiya etiladi. Suvalgan yuza yetralicha quruq va qattiq bo’lishi zarur.

Oldin bo’yalgan yuza:

Yuzni kir va changdan tozalang. Mog’orlagan yuzalarni yo’riqnomada ko’rsatilganidek pastdan tepaga qilib eritma bilan tozalang. Oldin bo’yalgan yuzadan ko’chib tushayotgan yoki kukunsimon qavatni yuzadan tozalab tashlang.

Bo’yash

Yuzani ikki qavat bo’yang. Ustki qavatini birinchi qavat gruntovkaga singib ketgandan so’ng amalga oshiring. Ikkinchi qavatni birinchi qavat bo’yalgandan so’ng 12 soatdan kam bo’lmagan vaqtdan so’ng bo’yang. Birinch qavatni bo’yaganda 5-10%gacha suv bilan suyultiring. Uch qavatli bo’yash suv o’tkazmaslik uchun eng yaxshi himoya bo’ladi, masalan, beton qoziqlarini zanglashdan saqlaydi.