bizning mahsulot:

Yaltiroq Nitrolak

Qo’llanilish doirasi Bino ichkarisi va tashqi tomonidagi yog’och yuzalarni laklashga mo’ljallangan.
Qo’llanilish obyekti Qayiqlarni,binoning mexanik va kimyoviy ta’sirga uchrovchi mebellari va polni bo’yashda qo’llaniladi.
НИТРОЛАК ГЛЯНЦЕВЫЙ
Sarf 100-150 gr/m2.
Og’irligi 2,7 kg.
Qo’llanilish usuli Kist yoki purkagich bilan bo’yaladi. Purkab bo’yashda 0,009``-0,013``, shuningdek, 0,230-0,330 mm li soplo (konussimon naycha)dan foydalaning. Hajmiga qarab 10% gacha eritish mumkin.
Qurish vaqti Havo harorati +23˚C va havo namligi 50% bo’lganda qurish vaqti. Changni tozalashga – 2soat, qayta ishlov berishga – 6 soat. Keyingi qavatini bir sutkadan so’ng surtish mumkin. 4 haftaga yaqib vaqt davomida lak butkul qotadi va yakuniy yemirilishlarga chidamlilik darajasiga erishadi. Qurishga havoning o’zgarishi, havo namligi, havo harorati va qatlamning qalinligi ta’sir qiladi.
Saqlash Havo darajasi past bo’lganda saqlash va olib yurishga chidamli. Yaxshi yopilmagan holatda yoki to’la bolmagan halmda lak ko’p vaqt saqlanmaydi.
Ishlov berish shartlari Laklanadigan yuza quruq, shuningdek, yog’ochdagi namlik 20%dan past bo’lishi kerak. Bo’yaladigan yuza quruq bo’lishi kerak. Havo va bo’yaladigan yuza harorati +5˚C dan yuqori bo’lishi va havo namligi 80%dan past bo’lishi kerak. Laklashni quyosh nurlari to’g’ri tushib turganda yoki sovuq va nam havoda bajarish mumkin emas. Tashqi tomon yuzasi kechki shudring tushguniga qadar qurishga ulguradigan qalinlikda surtilishi lozim.
Tayyorgarlik Yangi laklanmagan yuza:
Yuzani chang va kirdan tozalang. Yog’och yuzasini Uayt-spirit 1050 bilan tozalang. Tashqi ta’sirga chidamsiz yuzalarni gruntlash uchun maxsus antiseptic bilan ishiv bering.

Oldin laklangan yuza:
Yuzani tozalash vositasi bilan yuving, keyin yaxshilab suv bilan tozlang. Qolgan lakni kurakcha yordamida tozalang. Butun yuzaga sayqal berib, qolgan changni tozalang.
Laklash Ishlatishdan oldin lakni yaxshilab aralashtiring. Yangi yuzani gruntlash uchun lakka Uayt-spirit 1050ni 20% da qo’shib aralashtiring. Lakni tekis, yuqa qatlamda 2-3 marta surting. Zarur bo’lganda, qoplovchi (so’nggi) qavatini 20% eritib surting. Oldin laklangan yuzani gruntlash shart emas, va uni 1-2 qavat qilib suyiltirilmagan lak bilan laklang. Yuzani har safar yangi qavatni surtishdan oldin sayqallang. Diqqat! Tashqi ta’sirga uchrovchi yuzalarni yaltiroq lak bilan bo`yang.

LAK-TO`LDIRUVCHI

Qo’llanilish doirasi Bino ichkarisi va tashqi tomonidagi yog’och yuzalarni laklashga mo’ljallangan.
Qo’llanilish obyekti Mebellarni laklashda ishlatiladi, masalan, stol, stul, kitob javoni, va hokazo. Shuningdek, bolalar o`yinchog`i, panelli devor, yog`ochli potolok, eshik va boshqa yog`ochli yuzalarni laklashda ishatiladi. Bo`yalgan yuzalarni himoyalash uchun qo`llanadi.
ЛАК-НАПОЛНИТЕЛЬ
Sarf 100-150 gr/m2. Yog`ochning turiga qarab saqlanadi.
Og’irligi 2,5 кг.
Qo’llanilish usuli Kist, gubka yoki purkagich yordamida bo`yaladi.
Qurish vaqti Qurish vaqti havo harorati +23˚C va havo namligi 50% bo`lganda 30 minut. Lakninig keyingi qatlamini 2-3 soatdan so`ng surtish mumkin. Yuza 1 sutkadan so`ng foydalanishga tayyor bo’ladi. Laklangan yuza 2 haftadan so`ng butunlay qotadi. Bungacha laklangan yuzaga og`ir juda issiq narsalarni qo`ymang.
Saqlash Sovuqdan saqlang.
Ishlov berish shartlari Laklanadigan yuza quruq bo`lishi kerak. Havo harorati +10 ˚C dan baland, havo namligi 80% past bo`lmasligi kerak.
Tayyorgarlik Yangi laklanmagan yuza:
Yuzani chang va kirdan tozalang. Suv bilan biroz namlang, quriting va yog’ochning chiqib turgan qismlarini tekislab ishlov bering. Qolgan changni tozalang.

Oldin laklangan yuza:
Yuzani “Maalipesu” eritmasi bilan yuvib so’ng suv bilan yaxshilab yuving va quriting. Yuzaga yaltiramaydigan holatga kelgunicha ishlov bering, qolgan changni tozalang. Yomon holatga kelib qolgan laklangan yuzani bo’yoqni o’chiruvchi maxsus vosita bilan butkul tozalab chiqing. Keyin yuzani xuddi laklanmagan yangi yuza kabi tayyorlang.
Laklash Foydalanishdan oldin yaxshilab aralashtiring. Ishlatish vaqtida ham qotib qolmasligi uchun aralashtirib turing. Zarur bo’landa, suv bilan aralashtiring. Kist, gubka yoki purkagich bilan 2-3 qavat qilib bo’yang.

© 2017 RANGLI BO’YOQ