bizning mahsulot:

GRUNTOVKA

Qo’llanilish doirasi Betonni elementlarning, ohakli yoki sement-ohakli suvoq va silikat g’ishtning ichki yoki tashqi tomoni uchun mo’ljallangan. Shuningdek, oldin ohakli, sement-ohakli, sementli yoki silikat bo’yoq bilan bo’yalgan yuzalar uchun ham qo’llaniladi.
Qo’llanilish obyekti Turar joy, savdo, ishlab chiqarish binosi, omborxonalar fasadi va boshqalar uchun qo’llanadi, shuningdek, boshpana (ubejishe), suv oqimini kuchaytirib beruvchi minora, yerosti yo’llari kabi maxsus obyektlarga ham qo’llaniladi.
ГРУНТОВКА
ГРУНТОВКА
Sarf Ok. 2-4 m2/l ishlatishga tayyor aralashma 1:2 nisbatda bo’yoq bilan aralashtirilganda bir qavatga yetadi. Ok. 1-3 m2/l ishlatishga tayyor aralashma 1:1 nisbatda gruntovka faqat suv bilan aralashtirilganda bir qavatga yetadi. Qancha sarflanishi yuzaning g’adir-budirligi, g’ovakligi va shuningdek, qo’llash usuli va shartiga ham bog’liq.
Og’irligi 1 kg, 3 kg.
Qo`llanilish uslubi Kist, valik shotka va purkagich yordamida qo’llanadi.
Qurish vaqti Havo harorati +23˚C va havo namligi 50 % bo’lganda keyingi qavatni 12 soatdan so’ng surtish mumkin.
Saqlash Sovuqdan saqlang.
Ishlov berish shartlari Gruntlanadigan yuza quruq va pishiq bo’lishi kerak. Havo va yuzaning harorati +8˚C va havo namligi 80% dan past bo’lmasligi kerak. Yuza har xil rangda bo’lib qolmasligi uchun quyosh nuri to’g’ri tushishi va yomg’irda gruntlashni amalga oshirmang.
Tayyorgarlik Bo’yalmagan yuza:
Ishlov berishda betonli yuza qurishga va qotishga ulgurgan bo’lishi kerak. Betonli yuzalarni bir isitish mavsumidan so’ng grunlash tavsiya qilinadi. Ishlov berishdan oldin yangi suvoq qilingan yuza qurishi va qotishi kerak. Qurish va qotish vaqti, ko’pincha, suvoq aralashmasining tarkibi (masalan, sement va ohakning qo’shilganligi), qurish va qotish sharoiti, shuningdek, suvoqning qalinligiga bog’liq.

Bo’yalmagan yuzalarni kirdan, begona aralashmalar va tuzlardan tozalang. Mobodo sho’rlanish doimiy va davomiy bo’lsa, yuzaga ishlov berishni sho’rlanishning oldi olingandan so’ng boshlang. Mog’orlagan yuzalarni yo’riqnomada ko’rsatilganidek pastdan tepaga qilib eritma bilan tozalang.

Qolip (opalubka)ga quyilgan beton yuzasini mexanik usulda tozalang, masalan, kerakli ko’rinishga kelgunigacha qumpurkagich yordamida. Shuningdek, sementli yelimni tozalang, masalan, qumpurkagichli tozalash, betonni silliqlash uchun maxsus silliqlovchi brusoklar va katta bosimdagi suv yordamida.

Oldin bo’yalgan yuza:
Yuzani kir va changdan tozalang. Mobodo sho’rlanish doimiy va davomiy bo’lsa, yuzaga ishlov berishni sho’rlanishning oldi olingandan so’ng boshlang. Mog’orlagan yuzalarni yo’riqnomada ko’rsatilganidek pastdan tepaga qilib eritma bilan tozalang. Bo’yoqni bo’yoqni ketkazuvchi vosita bilan va yuqori bosimdagi qaynoq suvli yuvish yoki qumpurkagich yordamida tozalang. Oldin bo’yalgan yuzadan ko’chib tushayotgan yoki eski ohakli, sement-ohakli yoki silikat bo’yoqli kukunsimon qatlamlarni tozalang. Tozalash usuli qatlamning holati, bo’yoqning turiga qarab tanlanadi ( masalan, issiq tozalash usuli, po’lat shotkada tozalash, yoki suv va qumpurkagich yordamida tozalash). Ko’chib ketayotgan suvoq yoki beton qatlamini ham tozalang. Zarur bo’lganda, po’lat armatura tirqishlarini silliqlash bilan yoki disk va gardish bilan ishlov beruvchi mashina yordamida yoping. Sug’urib olingan metallni zangdan tozalang va qurilish eritmalari bilan ishlov bering.

Gruntlanishga mo’ljallanmagan yuzalar, masalan, deraza oynflari, klinker yoki tabiiy toshlar bilan qoplangan fasad, shuningdek, metall yuzalarni bo’yash vaqtida himoyalang. Bo’yoq sachraganda darrov suv bilan yuving. Tarkibida asbest bo’lgan yuzalarni qayta ishlov berishda kanserogen vositalar bilan ishlash uchun himoya vositalaridan foydalanish lozim.
Gruntlash Aralashmani ishlov beriladigan yuzaga shotka, valik, kist yoki purkagich yordamida surtiladi. Gruntlangan yuzani qoplash uchun ustidan bo’yash lozim, buni gruntlashdan bir sutkadan keyin amlaga oshirish mumkin.

© 2017 RANGLI BO’YOQ